Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-aprel holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6642,4 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 1802,6 mlrd. so‘mga oshdi. 📊 Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,1 %ni tashkil etdi.