Joriy yilning 24-may kuni viloyat kadastr bosh boshqarmasida viloyatdagi shahar va tuman hokim o‘rinbosarlari, yordamchilari, xotimn-qizlar Kengashi faollari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalardan kelib chiqib, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisilari hamkorligida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tilgan kdastr agentligi tomonidan viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritalarini yangilash, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomlari belgilarini ilib qo‘yilishi, xaritada turar va noturar obyektlarning mavjudligini belgilash kabi vazifalar haqida so‘z yuritildi. 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli o‘tkazilishida aynan yuqorida tilga olingan masalalarni o‘z vaqtida tartibga solish, mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planishi, ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblash, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishida hamda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi haqida aytib o‘tildi.
Axborot xizmati