13/06/2022

Joriy yilning 11-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi hamda viloyat televideniyasi bilan hamkorligida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Quva tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan tumanga qarashli “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari  ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

photo2022-06-1318-41-17
photo2022-06-1318-41-13
photo2022-06-1318-41-10
photo2022-06-1318-41-05
photo2022-06-1318-41-17 photo2022-06-1318-41-13 photo2022-06-1318-41-10 photo2022-06-1318-41-05

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov ishtikokchilarga aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va u 3 bosqichda amalga oshishi, bundan tashqari bugungi kunda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida  mahalladagi ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylarning raqamlanish ishlari amalga oshirilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi V.Mirzayev tomonidan tadbir ishtirokchilariga mazkur tadbirdan olinadigan ma’lumotlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, joylardagi infratuzilmani kengaytirish bo‘yicha tuziladigan manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumot berildi.

Axborot xizmati.