Kuni kecha Farg‘ona Davlat universiteti talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olinajak demografik, uy xo‘jaliklari va boshqa ma’lumotlar asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, joylardagi infratuzilmani kengaytirish bo‘yicha tuziladigan manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari mutaxassislar bergan tavsiyalar bo‘yicha aholini ro‘yxatga olish har 10-5 yilda 1 marotaba o‘tkazilishi, mazkur jarayon 3-bosqichda amalga oshishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.