Joriy yilning 10-iyun kuni viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag֥allikni qisqartyirish bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalardan kelib chiqib, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi hamkorligida seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanov tomonidan ishtirokchilarga viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritalarini yangilash, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomlari belgilarini ilib qo‘yilishi, xaritada turar va noturar obyektlarning mavjudligini belgilash kabi vazifalar haqida so‘z yuritildi. 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli o‘tkazilishida aynan yuqorida tilga olingan masalalarni o‘z vaqtida tartibga solish, mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planishi, ular respublika aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblash, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishida hamda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi haqida aytib o‘tildi.
Axborot xizmati.