Joriy yilning 11-iyun kuni Marg‘ilon shahriga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan ishtirokchilarni qarorning mazmuni bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, u xususan aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.