Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘I A.Abdurazakov ishtirokida “Tomosha” MFY faollari uchun seminar tashkil etildi.
A.Abdurazakov tomonidan 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi. Xususan u aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida kehg ma’lumot berdi.
Axborot xizmati.