15/06/2022

Joriy yilning 14-iyun kuni Beshariq tumaniga qarashli “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan “Fayzobod” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarni birma-bir yurib, raqamlanmagan uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

photo2022-06-1613-16-31
photo2022-06-1613-16-28

Uylarni raqamlashtirish nima uchun zarurligi tushuntirildi. Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarning mavjud yoki mavjud emasligi solishtirildi va mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Axborot xizmati.