16/06/2022

Aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

photo2022-06-1709-32-52
photo2022-06-1709-32-46
photo2022-06-1709-32-52 photo2022-06-1709-32-46

Mazkur vazifalarni bajarishda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari zimmasiga juda ham katta mas’uliyatni yuklaydi. Jumladan joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, Beshariq tumaniga qarashli “Buloqboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida mahalladagi ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, raqamlanmagan uylarning raqamlashtirish ishlari hamda mahalla xaritasidagi turar va noturar obyektlarning mavjud yoki mavjud emasligi qaytadan ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirildi.

Axborot xizmati.