16/06/2022

Joriy yilning 15-may kuni barcha joylardagi kabi Beshariq tumaniga  qarashli “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidantarg‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

photo2022-06-1709-41-10
photo2022-06-1709-41-07
photo2022-06-1709-41-04
photo2022-06-1709-41-10 photo2022-06-1709-41-07 photo2022-06-1709-41-04

Tadbirdada Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘I A.Abdurazakov aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi  kabi ma’lumotlar to‘planishi va yagona elektron bazaga kiritilishi haqida ham axborot  berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati