16/06/2022

Mamlakatimizning barcha hududlarida 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatimizda joylashga mahalla fuqarolar yig‘ini, aholi yashash punktlari xaritalaridagi o‘zgarishlarni xaritaga kiritib, yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kungacha viloyat bo‘yicha 789ga yaqin xaritalar yangilandi.

photo2022-06-1709-49-09
photo2022-06-1709-49-02
photo2022-06-1709-48-59

Xaritani yangilash jarayonida xaritada ko‘rsatilgan turar va noturar obуektlarning mavjudligi, mahallada joylashgan rakamlanmagan uylarning raqamlanish holati bo‘yicha ham amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonlar davom etmoqda.

Axborot xizmati.