Joriy yilning 16-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Mehnat huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar” mavzusida tizim xodimlariga o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan ishtirokchilarga amaldagi Mehnat kodeksining vazifalari,xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlanishi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Seminar davomida xodimlarni qiziqtirgan savollarga keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.