20/06/2022

Farg‘ona viloyatii statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazzaqov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat radiosi orqali aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir payitning o‘zida amalga oshirilishi, shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har biri uchun yakka tartibda to‘ldirilishi, aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

                                                                                                                  Axborot xizmati.