Kuni kecha Oltiariq tumaniga qarashli 20- ixtisoslashtirilgan davlat umumta ta’lim maktabi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.
Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘I B.Siddiqov ishtikokchilarga aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari ijtimoiy himoya, investisiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.