21/06/2022

Joriу yilning 21-iyun kuni Oְ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mas’ul rahbarlari videoaloqa tizimida Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi va uning quyi tizim rahbarlari ishtirokida ma’muriy amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda “E-Ma’muriy ish” yagona axborot tizimi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron hisobga olish axborot tizimidan  foydalanish bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

photo2022-06-2208-19-15
photo2022-06-2208-19-12
photo2022-06-2208-19-09

O‘quv seminar mashg‘ulotida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sh. Mamadaliyev, boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev, boshqarma statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i F. Yakubov hamda viloyatning barcha shahar,tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar. O‘quv seminar mashg‘uloti savol javoblar, munozara ko‘rinishida o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Qo‘mita mas’ul rahbarlari va viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tegishlicha javoblar berildi. Bu kabi o‘quv seminar mashg‘ulotlarini muntazam o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Axborot xizmati.