Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi hamda viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisilari ishtirokida viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘ini hamda aholi yashash punktlarining yangilangan xaritalarining sifatini ko‘rib chiqdilar.
Topograf va kartograflar tomonidan chizilgan xaritalar davlat standartlari asosida amalga oshirilganligi, xaritani chizish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kiritilmay qolgan obуektlarni kiritish haqida kelishib olindi.
Axborot xizmati.