🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyun holatiga viloyat korxonalari tomonidan 10 617,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib,📊 2021-yilning yanvar-may oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,1 %ni tashkil etdi.
👇Shundan:
🟣Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 24,4
🔶Ishlab chiqaradigan sanoat – 9 879,8
🟣Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 627,1
🔶Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 86,4 mlrd.so‘mni tashkil etdi.