Barcha joylardagi kabi joriy yilning Buvayda tumanidagi 2- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Buvayda tumani statistika bo‘limi mutaxassisi O.Mirzaakbarov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi.
Jumladan u bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun eng katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.
Buvayda tumani statistika bo‘limi.