🏢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
“Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.Ergashev seminar qatnashchilariga qarorning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berar ekan, xususan, aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbaasi ekanligi haqida axborot berib o‘tdi.
Axborot xizmati.