23/06/2022

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar zarurati va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev so‘zga chiqib, mamlakatimizdagi so‘nggi besh yillikdagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida bildirilgan fikrlari, konstititsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan takliflar bo‘yicha viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan qo‘llanma ishlab chiqilganligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligi, bugun jamiyatimizning qayta uyg‘onganligi, odamlarimizning yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intiliyayotganligi, demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish haqida to‘xtalib o‘tdi.

photo2022-06-2410-23-49
photo2022-06-2410-23-45
photo2022-06-2410-23-41
photo2022-06-2410-23-49 photo2022-06-2410-23-45 photo2022-06-2410-23-41

Bundan tashqari,  Oliy Majlis palatalari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi, bugungi kungacha 50 mingdan ortiq taklif kelib tushganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘nggida  mazkur mavzu bo‘yicha savol-javob tarzida muzokaralar bo‘lib o‘di.

Axborot  xizmati