24/06/2022

Joriy yilning 24-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida mehnat qilayotgan tizim xodimlari ishtirokida 2022-yil 31-maydagi “Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-773-son qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qonunda turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish, ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish  ta’qiqlanganligi, bundan tashqari, mazkur yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga  qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilganligi belgilab qo‘yilgan.  Qonunni buzgan fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda  jarimaga tortish amaliyoti qo‘llanishi haqida atroflicha tushuncha berdi.

 

Axborot xizmati.