Joriy yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston tumanidagi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘lim boshlig‘i O.Abdullayev ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘iniga qo‘yilayotgan vazifalar, aholini ro‘yxatga olish 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.