🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-may holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida mashinalar va transport- asbob uskunalari hajmi 169,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 46,8 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 31,4 % ga yetdi.
👇Shundan:
🟣Mashina va transport uskunalari -17,7 mln.
🟣Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va asbob-uskunalar-36,8 mln.
🟣Elektr mashinalari, apparatlar va asboblar - 13,3 mln.
🟣Metallarni qayta ishlash uchun asbob uskunalar - 5,7 mln. AQSH. dollariga to‘g‘ri keldi.
👇Mashinalar va transport asbob-uskunalari mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Xitoy Xalq Respublikasi – 106,4
Turkiya – 15,6
Litva – 7,6
Koreya Respublikasi – 7,5
Italiya – 5,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.