27/06/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-may holatiga viloyat bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 43,5 mln. AQSh dollari qiymatiga teng 61,9 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,3 mln. AQSh dollarida pasayish kuzatilib, 7,0 % ga kamaydi.

⬇️Shundan:
🥬Karam – 12,7 ming tonna
🥭Meva va rezavorlar – 14,5 ming tonna
🍅Pomidor – 7,4 ming tonna
🍇Quritilgan uzum – 1,9 ming tonna
🍇Uzum - 1,5 ming tonna
🥜Yeryong‘oq – 0,6 ming tonna.

👇Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari
Rossiya Federatsiyasi – 33,4 ming tonna
Qozog‘iston – 10,7 ming tonna
Qirg‘iziston – 12,5 ming tonna
Afg‘oniston – 0,9 ming tonna
Pokiston – 0,6 ming tonna
Xitoy Xalq Respublikasi – 0,8 ming tonna
🚩Boshqa davlatlar – 2,8 ming tonnage to‘g‘ri keldi.