Joriy yilning 27-iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi va viloyat statistika boshqarmalarining boshqaruv apparati ishtirokida videoaloqa tarzidaOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Budjet va iqtisodiy islohotlar” qoʻmitasi raisi, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Nazarov Sharofiddin Xakimovich taklif etildi. Seminar so‘nggida mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.