28/06/2022

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlariga biriktirilgan uchastka, xududlarning kartografik materiallari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

photo2022-06-3009-42-05
photo2022-06-3009-42-03
photo2022-06-3009-42-00
photo2022-06-3009-41-56
photo2022-06-3009-42-05 photo2022-06-3009-42-03 photo2022-06-3009-42-00 photo2022-06-3009-41-56

Joriy yilning 28-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limida davlat standartlariga muvofiq, o‘zgartirishlar kiritilgan holda  yangi xaritalar O‘zbekiston Respulikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat bosh boshqarmasi tomonidan qaytadan yangilandi. Xaritalarni viloyatda  tashkil etilgan  aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga ko‘maklashuvchi hududiy komissiya a’zolari qabul qilib olmoqda.