29/06/2022

Joriy yilning 29-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyun kunidagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsult D.Teshaboyev so‘zga chiqib,  yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan  mazkur qonun mazmun va mohiyati haqida ma’ruza qildi. Chunonchi, mazkur qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan. Qonun 8-bo‘lim, 53-moddadan iborat bo‘lib, Qonunchilik ma’lumotlari Milliy bazasida 08.06.2022 yil, 03/22/776/0498-son bilan qayd etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur Qonunning 1-bobdagi “Umumiy qoidalar”, 2-bobdagi “Reklamaning aylanishi sohasini tartibga solish”, 3-bobdagi “Reklamaga oid faoliyat subyektlarining huquq va majburiyatlari”, 4-bobdagi “Reklamaga doir umumiy va maxsus talablar”, 5-bobdagi “Tashqi reklama”, 6-bobdagi “Ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlari”, 7-bobdagi “Tovarlarning ayrim turlarini reklama qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” hamda 8-bobdagi “Yakunlovchi qoidalar” deb nomlangan boblardagi moddalar keng yoritib berganligini, shuningdek,  Qonunning  50-moddasida

jami 18 ta normativ-huquqiy xujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi, Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilanganligi haqida ma’ruza qildi.

Axborot xizmati.