Joriy yilning 29- iyun kuni “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli hamda 2020- yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-son qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Targ‘ibot jarayonida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunda rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishini ta’kidlab, 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-son qonunning maqsadi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, qonunda asosiy tushunchalar berilganligi, aholini ro‘yxatga olish, aholini ro‘yxatga olish sanasi, respondentlar, ro‘yxatga olish varag‘i, ro‘yxatga olish hujjatlari, ro‘yxatga oluvchi xodimlar, uy xo‘jaligi kabi atamalarga ham atroflicha tushunchalar berilganligi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish ishlarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAVlari ham qatnashishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Axborot xizmati.