29/06/2022

Joriy yilning 30-iyun kuni viloyat Tadbirkorlar uyida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar va ularning faoliyatiga ko‘maklashuvchi davlat organlari xodimlari ishtirokida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

photo2022-06-3013-23-27
photo2022-06-3013-23-24
photo2022-06-3013-23-20
photo2022-06-3013-23-30

Tadbir davomida viloyat statistika boshqarmasi “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi mutaxassisi Z.Qodirov ishtirokchilarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistika organlariga topshirishlari zarur bo‘lgan 1-KB shaklidagi “Mikrofirma va kichik korxonaning yillik hisoboti”ning 2021-yil yakuni bo‘yicha topshirilish ahvoli, hisobot rekvizitlarini to‘ldirishda va elektron ko‘rinishda taqdim qilinishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar haqida tushunchalar berib o‘tdi. Bundan tashqari, davra suhbati davomida ishtirok etgan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev tomonidan amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-moddasi (davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini tuzish) ning yuridik tahlilini qilib, ushbu yo‘nalishda sodir bo‘lgan holatda ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirilish tartibi haqida tushunchalar berib o‘tdi. Davra suhbati davomida berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan tushunchalar berib o‘tildi.

Axborot xizmati.