Joriy yilda viloyat statistika boshqarmasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan viloyatning barcha shahar va tumanlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida aholini ro‘yxatga olish shahar, tuman komissiyasi a’zolari, joylardagi statistika bo‘limlari, Kadastr agentligi shahar, tuman bo‘limlar, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash shahar, tuman bo‘limi vakillari, tadbirkorlik subyektlari, aholi va yoshlar vakillari, OAVlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va pedagog xodimlar qatnashuvi ta’minlandi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan amaldagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (O‘RQ-707), “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunlari (O‘RQ-611) hamda 2020-yil 11-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun mohiyatini ko‘rgazmali slayd chiqishlari orqali keng tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.