Joriy yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda viloyat aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi U. Mahmudov yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilab qo‘ylgan 2021-yil 1-aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazish va 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash ishlarini izchilik bilan amalga oshirish haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida qatnashchilar tomoni dan berilgan savollar bo‘yicha muzokalar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.