Joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamkorligida “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limining quyi tizimiga ishga qabul qilingan xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdikulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika boshqarmasining 2022- yil 22-iyun kungi “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman va shaharlarida ro‘yxatga olish bo‘limlarini tashkil etish, vazifalarini belgilash va faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi 46-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan vazilarlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Unga ko‘ra bo‘lim boshlig‘i, b‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim bosh mutaxassisi bilan 2-ilovadagi namuna asosida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma va З-ilovadagi namuna asosida Konfidensial (maxfiy) ma’lumotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi alohida shartnoma tuzish, rо‘ухаtgа olish mаsаlаlаri bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish, hududiy komissiyalar va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalami o‘z vaqtida va sifatli bajarish, bo‘limlarni tarmoq uskunalari, aloqa vositalari, kompyuter texnikasi, рrintеrlаr va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash, bo‘limlarni zarur mebel jihozlari, kanselyariya mollari va boshqa xojalik ashyolari bilan ta‘minlash, hududlarda yangi bo‘lim tashkil etilganligi va uning faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlami tizimli ravishda ommaviy axborot vositalari va Intemet tarmog‘ida keng yoritish kabi ishlarni amalga sifatli oshirish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagi masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.