04/07/2022

Joriy yilning 1-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda 2019 yil 6-dekabr kunidan amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuni (O‘RQ-588) mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Seminarda ma’ruza qilgan boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev mazkur qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini ta’kidlab, Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilgan kasaba uyushmasi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti, kasaba uyushmalarining birlashmasi va kasaba uyushmasining bo‘linmasi kabi tushunchalarga izoh tushunchalar berib o‘tdi.

photo2022-07-0417-48-08
photo2022-07-0417-48-18
photo2022-07-0417-48-08 photo2022-07-0417-48-18

Shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy tamoyillari qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish, teng huquqlilik, oshkoralik va ochiqlik kabi prinsiplardan iborat ekanligini uqtirib, seminarda mazkur qonunning 9-bobi va 56-moddalari bo‘yicha tushgan savollarga javoblarini berib o‘tdi. O‘quv seminar mashg‘uloti munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

Axborot xizmati.