Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Marg‘ilon shahar statistika bo‘limining “Aholini ro‘yxatga olish” bo‘limi mutaxassislari ishtirokida “Yovqachar” MFYda joylashgan raqamlanmagan uylarning raqamlanish holati, ko‘cha nomlari belgilari ilinganligi, barcha yozuvlar davlat tilida yozilganligi o‘rganildi.
Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berdi. Xususan, aholini ro‘yxatga olish 3 bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida kehg ma’lumot berildi.
Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi.