🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga asosan tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022-yilning yanvar-mayida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 126,0 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 538,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1,2 mln. AQSh dollariga yetdi.