Barcha joylardagi kabi viloyatimizda ham barcha shahar va tuman statistika bo‘limida aholini ro‘yxatga olish bo‘linmalari o‘z faoliyatini boshladi. Xozirgi kunda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari joylarga chiqib, yangi tashkil etilgan bo‘lim xodimlari bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘ini xaritasini hamda raqamlanmagan uy sohiblari bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlari nima uchun o‘tkazilayotganligi haqida tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.
Xuddi ana shunday tadbir Toshloq tumaniga qarashli “Konizar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va fuqarolari orasida ham o‘tkazildi.
Axborot xizmati.