Joriy yilning 4-iyul kuni Buvayda tumaniga qarashli “Arab” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limining tuman bo‘linmi mutaxassisilari hamda “Arab” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan “Arab” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashildi.
Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari davlat tilida yozilganligi va ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Axborot xizmati.