Oltiariq tumani statistika bo‘limida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi ishni Oltiariq tumanidagi “Oltiariq” mahallasida raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari bilan boshladilar.
Mazkur jarayonda Oltiariq tumani statistika bo‘limining aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan mahalla qarashli ko‘cha nomlari belgilari albatta davlat tilida yozilgan bo‘lishi va ilinganligi, xaritada ko‘rsatilgan noturar obyektlarning mavjudligi, xaritaga kiritilgan o‘zgarishlarni qaytaddan tekshirish jarayonlari olib borildi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.