Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yangi tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlari tuman va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari bilan hamkorlikda mahalla xaritasida ko‘rsatilgan ko‘cha nomlari belgilari davlat statlsrtlariga mos ravishda ishlab chiqilib, joylarga ilinganligi, raqamlanmagan uylarning sonini aniqlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Xuddi mana shunday tadbir Bag‘dod tumani statistika bo‘limi qoshida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan tumanga qarashli “Muqimiy” (mahalla raisi X. Mullayev), “Ittifoq” (mahalla raisi D. Umarov.), “Qirqibo‘ldi” (mahalla raisi O. Rahmonov) mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.