Joriy yilning 5-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi D.Mahsudov, Yozyovon tumani statistika bo‘limining aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi mutaxassislari hamda “Qo‘rg‘oncha” va “Markaziy Farg‘ona” MFY faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahalla xaritalarida bergilangan turar va noturar obyektlarni solishtirish hamda raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha uy sohiblari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahalla faollari ishtirokida aholini ro‘xatga olish tadbiri demografik, ijtimoiy ma’lumotlar hamda xalqimiz uchun farovon turmush hayotni ta’minlashga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.