2023-yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli o‘tkazilishida viloyatimiz aholisi faol qatnashihi zarurdir. Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planishi, ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblash, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishida hamda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tilga olingan masalalarni hal qilishda esa tumaqnga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inining xaritalarini tartibga keltirish iboratdir.
Chunonchi, joriy yilning 5-may kuni viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, Farg‘ona tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J.Hasanov, tuman aholini ro‘xatga olish bo‘limi mutaxassisilari tomonidan Farg'ona tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini hamda aholi yashash punktlarining sxematik xaritalari sektorma-sektor ajratilib o‘rganishga qulay holatga keltirildi. Bundan tashqari, tumanga qarashli “Obod” MFY faollari va aholini ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda mahalla xaritasini o‘rganildi. Mazkur jarayonda mahalla ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi va ular davlat statdartlariga mos kelishi, raqamlanmagan uy sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Farg‘ona tumani statistika bo‘limi.