O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 22-iyun kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 710- son qarori bilan tasdiqlangan “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman va shaharlarida ro‘yxatga olish bo‘limlarini tashkil etish, vazifalarini belgilash va faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi 46-sonli buyrug‘iga asosan barcha shahar va tuman statistika bo‘limi qoshida 2022-yil 1 iyuldan e’tiboran ro‘yxatga olish bo‘limlari tashkil etildi.
Mazkur buyruqning 5 bandiga asosan Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Bag‘dod, Rishton va Dang‘ara tumanlarida bo‘limga alohida xonalar, tarmoq uskunalari, aloqa vositalari, kompyuter texnikasi, printerlar va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Mazkur jarayon viloyatimizning boshqa tuman va shaharlarida ham davom etmoqda.
Axborot xizmati.