Joriy yilning 6-iyul kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi mutaxassisi S. Mutalipov hamda “M. Ulug‘bek” MFY Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Sh.Arslanova bilan hamkorlikda aholini ro‘yxatga olish tadbirini sifatli o‘tkazish uchun mahalla xaritasidagi kamchiliklar aniqlash va tuzatishlarni kiritish hamda mahallada raqamlanmagan uy sohiblari bilan yakka tartibda tushuntirish ishlarini amalga oshirishga ham e’tibor qaratish lozimligi haqida kelishib oldilar.
Quvasoy shahar statistika bo‘limi.