2022-yil 8-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida navbatdagi qonunchilik targ‘iboti bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bu galgi o‘quv-seminar mashg‘uloti tasdiqlangan rejada ko‘rsatilgan mavzular asosida o‘tkazilishi lozim degan tamoyildan kelib chiqib emas, balki boshqamada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimlarning hohish-talabiga ko‘ra, amalga oshirildi.
Amalda bo‘lgan 2022-yil 28-yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, 2021-yil 27-noyabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining “Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 32-sonli qarori, 2022-yil 16-iyundagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni O’RQ-779-qonuning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining maxsus qismining 2-bo‘lim, 8-9-boblari mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev mashg‘ulot kun tartibiga qo‘yilgan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish davomida saylov va referendum to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartishlar, normativ-xujjatlarni mohiyatini tushuntirish davomida rasmiy ma’ruza shaklidan tashqari, o‘zining amaliy ish tajribasiga tayanib, terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida hozirgi kun talabidan kelib chiqib, tergov-surishtiruv organlari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ketma-ketligi, JKning tegishli moddalarining yuridik tahlili, jinoiy va ma’muriy holatlarni rasmiylashtirilishi tartibi, bu bosqichlarda advokatlik instituti va prokuror nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tergov va surishtiruv davomida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘quv-seminar mashg‘uloti jarayonida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar va munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.