Joriy yilning 7-iyul kuni Rishton tumani “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxasislari, S.Haydarov va J. Dehqonovlar tumandagi “Markaz” hamda “Minor” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida mahallaning yangilangan xaritasida ko‘rsatilgan uy xo‘jaliklarining raqamlari mavjudligi ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonda joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlaridan olingan ma’lumotlar mamlakatimiz rivojlanishi uchun asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida targibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirildi.
Rishton tumani statistika bo‘limi.