Joriy yilning 7-iyul k uni Quva tumani statistika bo‘limi qoshida aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi xodimlari tomonidan “Bahor” va “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigini raislari A.Hayitov va A.Yunusovlar bilan aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari mahalla xaritasida ko‘rsatib berilgan obyektlari haqiqatda mavjudligi solishtirildi va xato-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, uy sohiblariga raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 710-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Quva tumani statistika bo‘limi.