13/07/2022

Joriy yilning 13-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida navbatdagi qonunchilik targ‘iboti bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bu galgi o‘quv-seminar mashg‘uloti 2022-yil 29-iyundagi O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev mashg‘ulot kun tartibiga qo‘yilgan normativ-huquqiy hujjatning mazmun mohiyatini tushuntirish davomida mazkur qonun Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan  2022-yil 1-fevralda qabul qilinib, Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullanganligi, 7-bob, 42-moddadan iborat bo‘lib, Qonunchilik ma’lumotlari Milliy bazasida 30.06.2022 yil, 03/22/781/0578-son bilan qayd etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Mazkur qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etilishi, mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, foydali qazilmalar, respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik obyektlar, aholi punktlari bosh rejalarining bajarish, davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati.