Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yangi tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlari tuman va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari bilan hamkorlikda mahalla xaritasida ko‘rsatilgan ko‘cha nomlari belgilari davlat standartlariga mos ravishda ishlab chiqilib, joylarga ilinganligi, raqamlanmagan uylarning sonini aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi.
Xuddi mana shunday tadbir Buvayda tumani statistika bo‘limi qoshida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan tumanga qarashli “Qum” (mahalla raisi S.Ismatullayev), mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Buvayda tumani statistika bo‘limi.