20/07/2022

Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi tomonidan “Ro‘yxatga olish” bo‘limiga registrator lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan O’zbekiston Respublikasining  2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’RQ-611-sonli Qonuniga asosan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlariga registrator lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

 

photo2022-07-2011-18-09
photo2022-07-2011-18-06
photo2022-07-2011-18-11
photo2022-07-2011-18-02
photo2022-07-2011-18-09 photo2022-07-2011-18-06 photo2022-07-2011-18-11 photo2022-07-2011-18-02

Mazkur tadbirda tuman “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida “Aholini ro‘yxatga olish” dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shartlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi.