Joriy yilning 19-iyul kuni Farg‘ona Politexnika institutida Xalqaro yozgi maktab tashkil etilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mazkur tadbir 1-10 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi, unda 30 nafar xorijlik va 10 nafar FarPI talabalari ishtirok etishi, yozgi maktabning mavzusi "Loyihalarni boshqarish" hisoblanib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ishtirok etishlari hamda maktabda talabalar loyihalarni boshqarish asoslarini o‘rganish, o‘z g‘oyalarini loyiha darajasiga olib chiqish, xorijiy tajribani o‘rganish, xorijlik talabalar bilan fikr almashish, hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida so‘z yuritildi.
Axborot xizmati.